"Uyma-uy" loyihasi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Yakkabog‘ tuman kengashi raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Nazira Elmurodova "Uyma-uy" loyihasi doirasida Uchtepa MFY Uchtepa qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan muloqot qildi.
Yaqinda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi bilan chiqilishi natijasida Uchtepa mahallasining 59-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga boradigan ichki yo‘llarning bir qismiga tosh-shag‘al yotqizilib, ta’mirlab berilgan edi.
Fuqarolar bilan navbatdagi muloqot chog‘ida toza ichimlik suvi, ichki yo‘llarni ta’mirlash va boshqa masalalar yechimi yuzasidan suhbatlashildi. Shuningdek, saylovchilarga yurtimizdagi islohotlar, Prezident farmon va qarorlarining mazmun-mohiyati ham tushuntirildi.