Xotin-qizlarga huquqiy yordam berilmoqda
Xotin-qizlarga huquqiy yordam berilmoqda

 

O‘zbekiston XDP Yangiariq tuman kengashi deputati, tuman hokimligi oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbari B. Qo‘chqorova Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Xorazm viloyati hududiy bo‘limi vakillari bilan hamkorlikda himoya orderi olgan xotin-qizlar bilan muloqot qildi.

Suhbat chog‘ida ayollarni qiynayotgan muammolar o‘rganilib, psixologik hamda yuridik yordamlar ko‘rsatildi.

Shuningdek, tadbirda tuman adliya bo‘limi, tuman tibbiyot bo‘limi, umumiy o‘rta ta’lim maktabi psixologlari hamda mahalla faollari ishtirok etdi. Uchrashuvda tumanda himoya orderi olgan 31 nafar xotin-qiz ham qatnashib, zarur xuquqiy va psixologik tavsiyalarga ega bo‘lishdi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish