Yoshlarga yurtimizdagi islohotlar mazmun-mohiyati tushuntirildi

 

O‘zbekiston XDP Paxtaobod tuman kengashi raisi X. Sotvoldiyev tashabbusi bilan Tibbiyot kollejida "Safimizdagi yoshlar" loyihasi asosida tadbir tashkil etildi.

Uchrashuvda so‘nggi yillarda tibbiyot sohasini isloh qilish uchun olib borilayotgan ishlar, ajratilayotgan mablag‘lar xususida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbirda partiyamizning faol yoshlaridan biri, kollejning yoshlar yetakchisi Husniddin Najmiddinov so‘zga chiqib, partiyadagi faoliyati va erishgan yutuqlari to‘g‘risida gapirib berdi. Muloqotda shuningdek, tuman kengashi deputatlari ham ishtirok etib, yoshlarga partiyaning bosh g‘oyalari, maqsadlari haqida tushunchalar berishdi.

Tadbir so‘ngida 6 nafar yoshlar partiya safiga qabul qilindi.

 

 

 

Teglar

Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish