Nuroniylar va deputatlar bog‘i yaratildi

 

Bugungi kunda ona tabiatga inson tomonidan yetkazilayotgan zarar bilan bog‘liq muammolar hammani tashvishga solmoqda. Darhaqiqat insoniyat oldidagi dolzarb vazifalardan biri, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiatga oqilona munosabatda bo‘lish, uni asrab-avaylash hisoblanadi.

Uchqo‘rg‘on tumanidagi 6-sonli umumta’lim maktabida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Nuroniylar va deputatlar bog‘i” tashkil etildi. Tadbir doirasida tuman hokimligi, nuroniylar va deputatlar tomonidan suvni tejash, istirohat bog‘lari, hiyobonlar, sayilgohlar, yashil maydonlar va hiyobonlarning namunali saqlanishini ta’minlash, hududlarda yangi jamoat istirohat bog‘i va kichik yashil istirohat bog‘larini tashkil qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

Maqsad tabiatda yashillikni ko‘paytirish, ob-havoning tozaligi, iqlim mo‘tadilligini saqlash, bog‘dorchilik mahsulotlarining mo‘lligini ta’minlashga hissa qo‘shishdir.

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish