Deputat o‘z saylovchilari bilan uchrashdi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zuxra Shadiyeva Oqqo‘rg‘on tumani “Xamzaobod” MFYda joylashgan 23-sonli maktabda yoshlar va o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, asosiy o‘zgarishlar, xususan, o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini oshirish, nogironligi bo‘lgan bolalarning ta’lim olishi uchun sharoitlar yaratish, inklyuziv ta’lim, aholiga bepul tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish kafolatlanishi to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Uchrashuvdan so‘ng deputat “Boytuli” MFYda “Obod kishloq” doirasida olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish