Mehr, saxovat va ko‘mak
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Yangiqo‘rg‘on tuman kengashi, tuman hokimligi, tuman Mahalla xayriya jamg‘armasi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda Iskovot qishlog‘i markazidagi «Diyor» to‘yxona majmuasida «Mehr, saxovat va ko‘mak» deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Xayriya kechasiga 160 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro taklif qilindi.
Bayram tadbirida so‘zga chiqqan XDP Yangiqo‘rg‘on tuman Kengashi raisi S. Jumanova mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, ehtiyojmand, nogironligi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan olib borilayotgan islohotlar, amaliy ishlar xususida gapirib berdi.
Yakunda ehtiyojmand insonlarga 6ta nogironlik aravachasi, 10 ta qo‘ltiq tayoq, 10 ta eshitish apparati sovg‘a qilindi.