Konstitutsiya – tinchlik kafolati
Konstitutsiya – tinchlik kafolati

 

O‘zbekiston XDP Farg‘ona shahar kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Farg‘ona shahrida joylashgan 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatida «Qomusimiz nomusimiz» deb nomlangan ma’naviy va ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston XDP Farg‘ona shahar tashkiloti raisi A. Umarov, O‘zbekiston XDP Farg‘ona shahar targ‘ibot guruhi a’zosi A. Abdullayev hamda shahar sudyalari, milliy gvardiya xodimlari ishtirok etdi. Tadbir savol-javoblarida faol qatnashgan yoshlarga O‘zbekiston XDPning esdalik sovg‘alari topshirildi.

XDP Quvasoy shahar kengashi tomonidan esa 11-umumta’lim maktabi bitiruvchi o‘quvchilari uchun davra suhbati o‘tkazildi. O‘quvchi yoshlarga yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilish va mustahkamlash uchun kiritilgan yangi normalar tushuntirildi.

Marg‘ilon shahar kengashi tashabbusi bilan ham hududdagi o‘quv yurtlari va sog‘liqni saqlash muassasalarida Yangilangan Konstitutsiya mazmun-mohiyatini tushuntirish, yangi kiritilgan normalarni oddiy aholiga tushuntirish maqsadida konferensiya, davra suhbati va yig‘ilishlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Abu Ali Ibn Sino nomidagi 2-tibbiyot texnikumida bo‘lib o‘tdi. «Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi» mavzusida yoshlar bilan o‘tgan davra suhbatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy siyosiy o‘zgarishlar mazmun-mohiyati hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ahamiyati tushuntirib berildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish