Yoshlar bilan uchrashuv
Yoshlar bilan uchrashuv

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Zarbdor tuman kengash kengashi tomonidan Sh. Rashidov nomidagi viloyat kutubxona markazida davra suhbati tashkil qilindi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi, Olmachi harbiy qism komandirlari, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari va Jizzax shahridagi 10-17-umumta’lim maktabi o‘qituvchi hamda o‘quvchilari ishtirok etgan tadbirda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli yangilanishlar mutlaqo yangicha muhitni yuzaga keltirmoqda. Bu esa yangi davr islohotlari uchun huquqiy asoslarni yanada mustahkamlashni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasida esa xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan.

Davra suhbati davomida yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga javoblar berildi. Ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishi barchaga mamnun bo‘ldi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim
← Roʻyxatga qaytish