«Yoshlar korrupsiyaga qarshi» mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
«Yoshlar korrupsiyaga qarshi» mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

 

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi deputati Sh. Ermatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 noyabr kungi «Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Marg‘ilon shahrida uchrashuv o‘tkazdi.

«Abu Ali Ibn Sino» nomidagi Jamoat salomatligi tibbiyot texnikumida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish muhim vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi.

Shuningdek, yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish