XDP faollaridan iborat ishchi guruh mazkur masalani o‘rgandi
Bugun kunda Shovot tumanida 1 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, 3 ta oilaviy shifokorlik punkti, 8 ta oilaviy poliklinika va 8 ta mahalla tibbiy punktlari tumanidagi 55 ta mahalla fuqarolar yig‘ini aholisiga xizmat qilmoqda. E’tiborli jihati shundaki, ulardagi xizmat sifatini oshirish, muassasalarni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash hamda ta’mirlash bilan bog‘liq dasturlar amaliyotga joriy etilgan.
O‘zbekiston XDPning 2023 yil 10 oktabrdagi ijroiya qo‘mitasi Xay’ati qaroriga muvofiq O‘zbekiston XDP Shovot tuman kengashi xodimlari, partiya faollari, ishchi guruhi bilan birgalikda tumanidagi sog‘likni saqlash tizimi tomonidan ko‘rsatilayotgan barcha turdagi tibbiy xizmatlar sifatini o‘rgandi.
Xususan, oilaviy shifokorlik punktlari, oilaviy poliklinikalar va tumanidagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarning amalga oshirilayotgan faoliyati holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, olis va chekka hududlardagi oilaviy shifokorlik punktlarida kadrlar siyosatini amalga oshirish va malakali mutaxassislar bilan butlash borasida ko‘rilgan chora tadbirlar ijrosi nazoratga olindi. Aholining profilaktik tibbiy ko‘riklari skrining dasturlari va profilaktik xizmatini amalga oshirish borasidagi faoliyati yuzasidan qilinajak ishlar xususida rejalar tuzildi. Amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha mas’ullar bilan kelishib olindi.