“Uyma-uy” loyihasi amalda

 

O‘zbekiston XDP Kegeyli tuman kengashi faollari uyma-uy yurib, aholi murojaatlarini o‘rgandi.

“Uyma-uy” loyihasi doirasida O‘zbekiston XDP Kegeyli tuman kengashi raisi, tuman Kengashidagi partiya guruhi a’zolari deputati M.Mirzatayev va N.Ametova “Jilo‘an jap” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolar bilan uchrashdi.

Xususan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar holidan xabar olindi. Muloqot davomida mavjud muammolar o‘rganilib, hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish