O‘zbekiston XDP Shahrisabz tuman Kengashi deputati, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati yordamchisi L.Mamadiyorov tomonidan “Mevazor” MFYda sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida murojaat qilgan fuqarolarning muammolari o‘rganilib, ularga huquqiy maslahatlar berildi.
Shuningdek, qishloqning ta’mir talab bo‘lib qolgan yo‘llarini ta’mirlash masalasida ham murojaatlar kelib tushdi. Ushbu murojaatlar asosida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi bilan murojaat qilinib yo‘llarga tosh-shag‘al to‘kish ishlari boshlab yuborilishiga amaliy yordamlar berildi. Kuz-qish mavsumiga xonadonlarni holati, aholi sovuq havo sharoitida noqulay holatlarga qolmasligi uchun tabiiy gazga ulanmagan hududlarda yashovchi aholiga arzonlashtirilgan ko‘mir yoqilg‘isi qo‘shimcha ravishda yetkazib berish belgilab olindi.