Qoraqalpog‘istonda «Yosh yetakchi» loyihasi o‘tkazildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining «Yosh yetakchi» loyihasi doirasida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Yoshlar markazi»da 2023-2024 o‘quv yili uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalari g‘oliblari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi xodimlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi vakillari, 2023-2024 o‘quv yili uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalari g‘oliblari va partiyamiz safidagi faol yoshlar ishtirok etdi.

Loyiha doirasida 2023-2024 o‘quv yili uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalari g‘oliblari partiya safiga qabul qilindi.

Ushbu loyiha orqali partiyamiz safidagi faol yoshlar bilan muloqot qilindi. Yoshlar o’zlarining fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdilar.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish