Xotin-qizlar bandligini ta’minlash – ustuvor vazifa
Xotin-qizlar bandligini ta’minlash – ustuvor vazifa

 

Chinoz tumanida O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi tashabbusi bilan viloyat partiya kengashi bilan hamkorlikda “Xotin-qizlar bandligini ta’minlash – ustuvor vazifa” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi Qizilgul Qosimova, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi “Ayollar qanoti” rahbari Gulshan Asatova, viloyat kengashi raisi Akmal Umaraliyev, shuningdek, partiya faollari, mas’ullar, deputatlar qatnashdi.

Tadbir ishtirokchilari xotin-qizlar huquq va manfaatlari himoyasiga doir 20 ta me’yoriy-huquqiy hujjat, jumladan, 2 ta qonun, Prezidentning 6 ta farmon va qarorining mazmun mohiyatiga qisqacha to‘xtalib o‘tdi. Xususan, xotin-qizlar ijtimoiy huquqlarini ta’minlash bilan bog‘liq ustuvor vazifalar tushuntirildi. Kambag‘allikni qisqartirish, ayollar sog‘lig‘ini saqlash, ta’lim olishi, ijtimoiy himoyasi va farovonligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikrlar bildirildi. Bularning barchasi sog‘lom jamiyatni barpo qilishdagi asosiy omil hisoblanishi ta’kidlandi.

Tadbir kun tartibida belgilangan rejaga ko‘ra ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan va “Ayollar daftari”ning 2- toifasi ro‘yxatida turgan, kredit olib, o‘z ish faoliyati boshlagan xotin-qizlar holidan xabar olindi. Ularning ishi, hayotiga oid o‘zgarishlar, istaklari, turmushi yanada yaxshilash bilan bog‘liq masalalar xususida suhbatlashildi.

Tadbir so‘ngida bir guruh xotin-qizlar partiya safiga qabul qilindi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish