Bemorlar holidan xabar olindi
Bugun yurtimizda chuqur islohotlar olib borilmoqda. Aholining muammolarini bartaraf etish, farovonligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga yordam ko‘rsatish yuzasidan qator choralar ko‘rilmoqda.
Kuni kecha aholini manzilli ijtimoiy himoya qilish va ko‘makka muhtoj fuqarolar holidan xabar olish maqsadida XDP a’zosi, viloyat deputati I. Qodirova Bekobod tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli bolalar bo‘limida davolanayotgan bemor bolalar holidan xabar oldi.
Ularni kirib kelgan 2024 yil bilan tabriklab, sovg‘alar ulashdi.