O‘zbekiston XDP Guliston shahar kengashi raisi G. Useinova, shahar deputati D. Atabayev tomonidan Guliston shahridagi monomarkazda muloqot tashkil etildi.
Kengash raisi G.Useinova o‘z so‘zida partiyaning “Yoshlar qanoti” – yoshlarning huquqiy va siyosiy manfaatlari himoyachisi ekani, el-yurt ravnaqi va vatan manfaatlari yo‘lida fidoyi, ishbilarmon, tashabbuskor yoshlarni o‘z atrofida jipslashtirayotganini alohida ta’kidlandi.
Uchrashuvda shuningdek, xotin-qizlar huquq va manfaatlari himoyasi, ayollar ijtimoiy huquqlarini ta’minlash bilan bog‘liq ustuvor vazifalar tushuntirildi. Kambag‘allikni qisqartirish, ayollar sog‘lig‘ini saqlash, ta’lim olishi, ijtimoiy himoyasi va farovonligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikrlar bildirildi.