Aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi
Aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

 

Toshkent tumani hududida Osiyo Taraqqiyot Banki loyihasi asosida qurilayotgan suv inshootlarining foydalanishga tayyorlik holati mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda deputatlar ishtirokida o‘rganildi.

Jamoatchilik nazorati guruhi rahbari, O‘zbekiston XDP dan Xalq deputatlari Toshkent tuman Kengashiga saylangan deputat Mirislom Usmonov suv havzalarini so‘nggi sinovlardan o‘tkazilib, ichimlik suvi to‘liq sof holatga keltirilgan, tegishli tashkilotlar xulosasidan so‘ng iste’molchilarga berilishi ishlarini ishchi guruhi bilan birgalikda muntazam kuzatib bormoqda.

Yuzaga kelayotgan muammo va masalalar, ayrim nihoyasiga yetkazilmay qolgan kamchiliklarni tez fursatlarda sifatli bartaraf etish bo‘yicha tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi yuzasidan muddatlar belgilandi.

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish