Sog‘lom oila – sog‘lom kelajak
O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi tomonidan partiyaning Nukus shahar kengashi bilan birgalikda 1-sonli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Sog‘lom oila – sog‘lom kelajak” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda partiya mas’ullari, boshlang‘ich partiya tashkiloti azolari, Jamoat salomatligi texnikumi o‘qituvchi va o‘quvchi yoshlari, OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olish, tug‘ishlar o‘rtasidagi maqbul oraliqqa rioya qilish, irsiy kasalliklar profilaktikasi dolzarbligi to‘g‘risida yoshlarga keng turda tushuntirishlar berdi.
Tadbir fikr-mulohazalar va savol-javoblar bilan qizg‘in tarzda davom etdi.