Erta turmushning salbiy oqibatlari tushuntirildi
Erta turmushning salbiy oqibatlari tushuntirildi

 

Yuqori Chirchiq tumanidagi “Yashnobod” MFY da “Erta turmush – keltirar tashvish” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

XDP Toshkent viloyati Kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda mahalliy kengash deputatlari, partiya va mahalla faollari, sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari hamda bir guruh yoshlar ishtirok etdi.

Muloqotda so‘zga chiqqan XDP Toshkent viloyati kengashi raisi o‘rinbosari Azamjon Sodiqov, Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari Guliston Aytekova, Gulzira Elibayeva, Manzura Ospanova, Abibulla Orazqulovlar mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, ishtirokchilarga erta turmushning salbiy oqibatlari haqida keng tushunchalar berishdi.

Tadbir so‘nggida partiya safiga qabul qilingan 10 nafar yoshlarga a’zolik guvohnomalari topshirildi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish