Sog‘lom ona – sog‘lom oila
Sog‘lom ona – sog‘lom oila

 

O‘zbekiston XDP Jarqo‘rg‘on tuman kengashi raisi Ch. Yusupov tashabbusi bilan tumandagi A. Navoiy mahallasi hududidagi 26-sonli oilaviy poliklinikada “Sog‘lom ona – sog‘lom oila” loyihasi doirasida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tuman tibbiyot muassasasining malakali shifokorlari 86 nafar fuqaroni chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Kasalligi aniqlangan 12 nafar shaxsga tuman sharoitida, 16 nafariga esa viloyatda davolanish uchun tavsiya va yo‘llanmalar berildi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish