Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda

 

O‘zbekiston XDP Bekobod shahar Kengashi raisi M. Abduholiqova, Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputatlari U. Abdunazarov, Halima Ibragimovalar “Deputat mahallada” loyihasi doirasida aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish, muammolarni tezkorlik bilan joyida hal etish maqsadida “Bobur” MFY binosida fuqarolar bilan muloqot o‘tkazdi.

Aholining murojaatlari mahalla faollari tomonidan o‘rganilib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi orqali murojaat qilinib, muammoni ijobiy hal qilish rejalashtirildi.

Shuningdek, Bekobod shahar “Bobur” MFY fuqarosi Sh. U. ning onasiga buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyotida donorlik qilishi zarurligi va buning uchun moddiy yordam so‘ralgani to‘g‘risidagi murojaat o‘rganildi. Murojaatchining oilaviy sharoiti inobatga olinib, unga va oila a’zolariga moliyaviy yordam ko‘rsatish masalalari hal qilindi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish