Farmon loyihasiga yoshlarning takliflari olindi
Farmon loyihasiga yoshlarning takliflari olindi

 

Qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar mazmun-mohiyatini o‘rganish, muhokama qilish va partiya pozitsiyasidan kelib chiqib takliflarni shakllantirish maqsadida O‘zbekiston XDP Qashqadaryo viloyat kengashi tomonidan Qarshi Iqtisodiyot va pedagogika universitetida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasi yuzasidan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

O‘zbekiston XDP viloyat kengashi mas’ullari, oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchi-professorlari va talaba yoshlar ishtirok etgan muloqotda farmon loyihasi mazmun-mohiyati tshuntirilib, 9 fevralga qadar jamoatchilik muhokamalaridan o‘tkazilishi ta’kidlandi. So‘zga chiqqanlar bilan davlat dasturida doirasida yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar, yoshlarning bandligini ta’minlash va hayotda o‘z o‘rini topishi uchun har tomonlama ko‘maklashish, turli yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalarda faol ishtirok etish va g‘oyalarini ruyobga chiqarish, o‘z isti’dodlarini namoyish qilish, kasb-hunar o‘rganish, oilaviy tadbirkorlik va biznes loyihalarini amalga oshirib, grantlar va imtiyozli kreditlarni qo‘lga kirishi kabi qator amaliy ishlar xususida batafsil tushunchalar berishdi.

O‘z navbatida yoshlar ham chet tillarini oliy o‘quv yurtlarida chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitilishi, yoshlarni chet ellarda o‘qib, tajriba orttirishi uchun kvotalarni ko‘paytirish, o‘rta ta’lim maktablarida o‘zbek tili va imzo yozuvlari bo‘yicha maxsus metodikalar ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash, xususiy ta’limdagi yutuqlarni maktab ta’limiga integratsiya qilish va shu orqali yangi metodikalar yaratish masalasida takliflar berishdi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish