O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Uychi tumani kengashi tomonidan tuman hokimligi kichik majlislar zalida keksa avlod vakillarining hayot sifati va uzoq umr ko‘rish darajasini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish sohasidagi mavjud muammolar tahliliga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
“Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda keksa avlod vakillariga qanday yordamlar kerakligi, ularning muammolari haqida atroflicha muhokama qilinib, ularga kerakli tavsiya va huquqiy ma’lumotlar berildi.
Har bir mahallada yotib qolgan yordamga muhtoj keksalar holidan xabar olish, kerakli dori-darmon, oziq-ovqat mahsulotlari hamda shifokor maslahati olishga muhtoj keksalarni aniqlash, bu bo‘yicha tumandagi har bir mahallaning keksalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi tomonidan amaliy yordam berilishi kerakligi ta’kidlandi.
Davra suhbati savol javoblarga boy tarzda o‘tdi.