Takliflar muhokama qilindi
Takliflar muhokama qilindi

 

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining O‘zXDP deputatlik guruhi va "Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibida Farg‘ona shahar “Eko shahar” kichik sanoat zonasi hududiy chegaralarini o‘zgartirish va viloyatda terini qayta ishlashga ixtisoslashgan hamda tayyor charm-poyabzal, mo‘yna va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonasini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mazkur masalalar komissiya a’zolari va mas’ullar tomonidan atroflicha muxokama etilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish