Bir yillik faoliyat tahlil etildi
Bir yillik faoliyat tahlil etildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyat kengashida 2023 yil yakuniga bag‘ishlangan kengaytirilgan ijroiya qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ijroiya qo‘mita a’zolari, viloyat, tuman va shahar partiya kengashlari mas’ullari va raislari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari rahbarlari, saylanma organlar a’zolari hamda yirik boshlang‘ich partiya tashkilotlari raislari ishtirok etdi.

Yig‘ilish tanqidiy-tahliliy tarzda o‘tdi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining saylovoldi dasturining maqsad va ustuvorliklarini amalga oshirishda Qashqadaryo viloyat partiya tashkilotlari hamda deputatlik guruhlarining 2023 yilga mo‘ljallangan amaliy Harakat dasturida 68 ta masalani ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi. Bir yil davomida 86 masala partiya guruhlarida, 86 masala doimiy komissiyalarda hamda shundan 61 masala sessiyalarda ko‘rilgan. Bu ishlarda xalq deputatlari Kasbi, Yakkabog‘, Dehqonobod, Shahrisabz tumanlari hamda Qarshi shahar partiya kengashlari faollik ko‘rsatishgan.

Yig‘ilishda deputatlar tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovlari, Jamoatchilik qabulxonalari hamda tuman va shahar partiya tashkilotlarining moliyaviy barqarorligi masalalariga oid vazifalar ijrosi ko‘rib chiqildi.

Kengaytirilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyat kengashining 2024 yilga mo‘ljallangan Ish rejasi hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Saylovoldi dasturining maqsad va ustuvorliklarini amalga oshirishda Qashqadaryo viloyat tashkilotlari hamda deputatlik guruhlarining 2024 yilga mo‘ljallangan amaliy Harakat dasturida belgilangan vazifalarni joriy yilning 25 dekabr sanasiga qadar to‘liq bajarish vazifasi qo‘yildi.

 

 

 

 

Teglar

Plenum Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish