Yosh siyosatchilar maktabi

 

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi Yoshlar sektori tomonidan Toshkent shahar kengashida “Yosh siyosatchilar maktabi” loyihasi doirasida yoshlar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda birinchi marta saylov jarayonlarida ishtirok etadigan yoshlarning saylov madaniyatini shakllantirish va siyosiy jarayonlarga jalb qilish, 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, Ijtimoiy loyihalar (“Yosh siyosatchi”, “Podkast”, “Sport”, “Ekologiya”, “Siyosiy kurs”, “Sayohat”) yo‘nalishlarida taqdimotlar bilan tanishib, partiya bilan hamkorlikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. “Yosh siyosatchilar maktabi” loyihasi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini, “Kitobxon klubi” kabi loyihalarni ham tashkil etish rejalashtirildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish