Sog‘lom oila – sog‘lom kelajak
Sog‘lom oila – sog‘lom kelajak

 

O‘zbekiston XDP Olmaliq shahar kengashi tomonidan, Olmaliq shahar "Koinot" MFY hududida erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olish, tug‘uruqlar o‘rtasidagi maqbul oraliqqa rioya qilish, irsiy kasalliklar profilaktikasi dolzarbligini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida “Sog‘lom oila – sog‘lom kelajak” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston XDP Olmaliq shahar kengashi raisi, Barkamol avlod bolalar maktabi direktori, mahalla raisi, xotin-qizlar faollari qatnashdi. Tadbir ishtirokchilariga turmush qurish, oila tebratish va farzand tarbiyasi kabi muhim ishlarda diniy va milliy an’analarimizga rioya qilish, oila va nikoh borasida davlatimiz chiqargan qonun-qoidalarga qat’iy amal qilish zarurligi haqida tushunchalar berildi.

Tadbir yakunida mahalla faollari partiya safiga qabul qilindi.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish