Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati tahlili
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati tahlili

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi media markazida Surxondaryo viloyatida “Hududlarda aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini o‘rganish” bo‘yicha deputatlik nazorati yakunlariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi mas’ullari, O‘zXDP Surxondaryo viloyati kengashi mas’ullari, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari a’zolari, partiya faollari hamda yoshlar ishtirok etgan tadbir avvalida «2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish Konsepsiyasi» amalga oshirilishi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Shundan so‘ng O‘zXDP Surxondaryo viloyat kengashi raisi, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashi deputati Pardayev Alisher Ochilovich so‘z olib, viloyatda sog‘liqni saqlash tizimi tomonidan aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning sifatini o‘rganish yakunlarini o‘qib eshittirdi. Boysun va Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi o‘rganish natijalari tahlil qilindi. Aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohazalar, takliflar bildirildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish