Xalq bilan yuzma-yuz
Xalq bilan yuzma-yuz

 

Xalq demokratik partiyasi Jizzax viloyat Kengashi tomonidan joriy Paxtakor tumani “Bog‘ishamol” MFYda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va qabul qilinayotgan qonun va qarorlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, hududlarda aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida xalq bilan yuzma-yuz uchrashuv tashkil etish.

Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati O‘. O‘rozboyev, O‘zXDP viloyat kengashi raisi N. Xolmatov, Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi kotibiyat mudiri Sh. Karimov, O‘zXDPdan Paxtakor tuman kengashiga saylangan deputatlar, saylovchilar va mahalla faollari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida joriy yil 16 yanvar kuni 2024 yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida Oliy Majlis palatalari Kengashlarining Qo‘shma qarori mazmun-mohiyati saylovchilar tushuntirildi.

Uchrashuv davomida 12 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitilib, ularga huquqiy maslahatlar berildi. Ijobiy hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek mas’ullar tomonidan mahallada istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinib, ularning ham muammolari o‘rganildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish