Saylovchilar bilan uchrashuv

 

Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z saylov okruglarida bo‘lishib, aholi bilan muloqot qilmoqda. XDP fraksiyasi a’zosi Mavjuda Hasanova partiya guruhi a’zolari bilan birga "Oltin voha" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat yuritayotgan “Sherobod agro investment” MCHJ tomonidan tashkil etilgan zamonaviy issiqxona faoliyati bilan tanishdi.

Loyihaning umumiy qiymati 25.1 mlrd so‘m bo‘lib, yiliga 650 tonna mahsulot ishlab chiqaradi va yillik pul aylanma mablag‘i 1.100 mln so‘mni tashkil qiladi. 20 ta ish o‘rni yaratilgan. Deputatlar issiqxonadagi sharoitlar bilan tanishar ekan, uni yanada rivojlantirish yuzasidan ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Deputat M. Hasanova “Kattabog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat yuritayotgan “Dilnura yagona dizayn” xususiy korxonasida ham bo‘ldi. Ishchi xodimlar bilan suhbatlashib, ularni qiynayotgan masalalarni o‘rgandi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish