Sog‘lom ona – sog‘lom oila
“Sog‘lom ona – sog‘lom oila” loyihasi doirasida O‘zXDP Guliston shahar kengashi raisi G. Useinova tashabbusi bilan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, jumladan yosh bolali ayollar va bolalar turli kasalliklarga chalinishining oldini olish maqsadida o‘tkazilgan ko‘rik "Buyuk kelajak" MFYda Do‘stlik oilaviy poliklinikasi filiali bilan hamkorlikda tashkillashtirildi.
Ko‘rik davomida xotin-qizlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning tibbiy madaniyatini oshirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.