Zarur tavsiyalar berildi
O‘zbekiston XDP Samarqand viloyati hamda Kattaqo‘rg‘on shahar kengashlar tomonidan «Ishga marhamat» monomarkazida xotin-qizlar bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Muloqotda bugungi kunda yurtimizda ayollarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeyini yuksaltirish, ularning bandligini ta’minlash hamda qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida gaplashildi. Bu borada qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.
Deputatimiz J. Qo‘ldoshev tomonidan ishtirokchilarning barcha savollariga javob qaytarilib, zarur tavsiyalar berildi.