Toshkent viloyati BPTlarida hisobot-saylov jarayonlari
Toshkent viloyati BPTlarida hisobot-saylov jarayonlari

 

O‘zbekiston XDP o‘z g‘oyalari, partiya dasturiy maqsadlarini aholi o‘rtasida tushuntirish va keng targ‘ib qilish bo‘yicha ishlarni olib borib, partiya tarafdorlari sonini kengaytirishga intiladi. Partiya elektoratining turli ijtimoiy guruhlari vakillari bilan hamkorlikda ularni o‘ylantirayotgan muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan birgalikda yechimini topib kelmoqda.

Toshkent viloyatida 937 ta BPT bo‘lib, shu kunlarda viloyatning barcha shahar va tuman kengashlarida, o‘tgan 2023 yil rejaga kiritilgan masalalar va vazifalarning bajarilishi, olib borilgan ishlar tahlili natijalari bo‘yicha hisobot saylovlari bo‘lib o‘tmoqda.

Jumladan, Piskent tumanida yangi tashkil topgan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi, Yuqori Chirchiq tuman kengashi qoshidagi "Nozima luks servis" xususiy korxonasi, Yuqori Chirchiq tuman kengashi qoshidagi tuman madaniyat ishlar bo‘limi, Parkent va Chinoz tumani Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlikka ko‘maklashish markazi BPTlarida hisobot-saylov yig‘ilishlari o‘tkazildi.

 

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish