Partiyamiz hasharda faol ishtirok etmoqda
Partiyamiz hasharda faol ishtirok etmoqda

 

“Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish maqsadida butun respublika bo‘ylab tashkil etilgan “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq hasharida O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashi ham faol ishtirok etdi.

Shahar kengashi binosi va tashqi hovlisini obodonlashtirish, manzarali ko‘chatlar ekish, daraxtlarni oqlash ishlari olib borildi.

Shuningdek, Toshkent shahar kengashi barcha faollari bilan birgalikda mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarida faol ishtirok etishni maqsad qilgan.

 

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish