Safimizdagi yoshlar

 

O‘zbekiston XDP Yakkabog‘ tuman kengashi tomonidan tumandagi 2-kasb-hunar maktabida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda tuman kengashi raisi, 17-Uchtepa saylov okrugi deputati Nazira Elmurodova yutuqlarga erishgan, davlat mukofotlariga sazovor bo‘lib, tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishida partiyaning hissasi xususida  o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Uchrashuv yakunida  partiya safiga kirish istagini bildirgan yoshlar a’zolikka qabul qilinib, a’zolik guvohnomalari topshirildi.

 

 

 

 

Teglar

Jamoatchilik qabulxonasi Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish