Navro‘z mehr-muruvvat bayrami
Navro‘z mehr-muruvvat bayrami

 

Bayramlar arafasida bemorlar holidan xabar olish azaliy urf-odatlarimizdan biriga aylangan.

O‘zbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarining huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Toshkent viloyati kengashi mas’ullari, deputatlar va partiya faollari "Uyma-uy" loyihasi doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalar holidan xabar oldilar.

Jumladan, Toshkent viloyati kengashi rais o‘rinbosari A. Sodiqov Yoshlar ittifoqi viloyat bo‘limi xodimlari bilan birga Nurafshon shahrida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan, nogiron farzandlari bor oilalar xonadoniga tashrif buyurib, bayram bilan qutladi.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish