Yo‘llanmalar berildi
O‘zbekiston XDP Yakkabog‘ tuman kengashi tomonidan tumandagi «Choydori» mahalla fuqarolar yig‘inidagi 68-son Oilaviy poliklinikada «Sog‘lom ona-sog‘lom oila» loyihasi doirasida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Unda «Choydori» va «G‘ozliq» qishloqlarida yashovchi xotin-qiz va bolalar ko‘rikdan o‘tkazildi.
Kam ta’minlangan oila vakillari hamda “Ayollar daftari” ro‘yxatida turganlarning 22 nafariga 120 xildagi bepul dori-darmonlar berildi.
Shuningdek, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan 2 nafar ayol va bir nafar bolaga davolanishi uchun yo‘llanmalar berildi.