O‘zXDP Mirzaobod tumani Kengashi raisi B. Jo‘rayev tomonidan tumandagi 10-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining bir guruh yosh xodimlari bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Muloqot davomida davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, sharoitlar, ta’lim, sport va boshqa sohalarda olib borilayotgan ishlar, yoshlarga oid qonunlarning mazmun-mohiyati hamda partiya dasturiy maqsad va vazifalari tushuntirildi.
Yoshlarning siyosiy, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, siyosiy jarayonlarga faol jalb qilish maqsadida “Safimizdagi yoshlar” loyihasini amalga oshirish hamda "Ezgulik- shiorimiz, ma’rifat-qurolimiz" mavzularida O‘zXDP Xovos tumani Kengashi tashabbusi bilan tuman Ma’naviyat bo‘limi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar ishtirokida konsert dasturi tashkillashtirildi.
Bunday tadbirlar orqali partiya safiga yoshlab jalb qilinib, a’zolik guvohnomalari topshirildi.