Qonliko‘lda “Sog‘lom ona – sog‘lom oila” loyihasi
Qonliko‘lda “Sog‘lom ona – sog‘lom oila” loyihasi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qonliko‘l tuman kengashi va Xalq deputatlari Qonliko‘l tuman Kengashidagi partiya guruhi tashabbusi bilan onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning tibbiy madaniyatini oshirishga qaratilgan “Sog‘lom ona – sog‘lom oila” loyihasi tashkil etildi.

Uning doirasida “Qosjap” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi oilaviy poliklinika mutaxassislari hudud aholisini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, xotin-qizlar va bolalar salomatligini asrash, turli kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berishdi. Kasalligi aniqlangan fuqarolarga davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish