Ma’naviy qadriyatlar yoshlar nigohida

 

Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti taklifi bilan O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi yoshlar sektori rahbari Muxsiddin Nizomiddinov va Yoshlar parlamenti a’zosi Javlonbek O‘razaliyev ishtirokida institut talaba-yoshlari bilan "Ma’naviy qadriyatlar yoshlar nigohida" mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Muloqot avvalida Oliy Majlis, Yoshlar parlamenti, siyosiy partiyalar faoliyati, joriy yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlar haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Uchrashuv davomida shuningdek, ma’naviy qadriyatlarimiz, yoshlar va ommaviy madaniyat haqida ham suhbatlashib, talaba-yoshlarning savollariga javoblar berildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish