Erta turmush – keltirar tashvish

 

O‘zXDP Xorazm viloyat va Xiva shahar kengashi hamkorligida “Erta turmush - keltirar tashvish” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi. Shahardagi turizm kolleji binosida o‘tgan davra suhbatida mahallalardagi faol ayollar, MFY da faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bo‘yicha mutaxassis xodimlar hamda yoshlar ishtirok etdi.

Targ‘ibot tadbirida O‘zXDP Xorazm viloyat kengashi “Xotin-qizlar va yoshlar” bo‘limi boshlig‘i M.Ismoilova, Xiva shahar kengashi deputati L.Otajonova, O‘zXDP shahar kengashi raisi Z.Iskandarova va deputat R. Abjonovalar oilalarda qizlar tarbiyasi masalasi, erta turmushning zararli oqibatlari va erta turmushning oldini olishda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar va galdagi vazifalar to‘g‘risida ma’lumot berishdi.

Tadbir so‘nggida XDP partiyasiga a’zo bo‘lish istagida murojaat qilgan Nasiba Ibodullayevaga partiyaning a’zolik guvohnomasi topshirildi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish