Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari O‘.O‘rozboyev, Z.Akramovalar Do‘stlik tumanidagi aholi tomorqalaridan unumli foydalanilish, jumladan yiliga 3 martabagacha hosil olishga erishish, shu orqali aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish, mahsulot yetishtirish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qilish maqsadida o‘rganish olib bordi.
Shuningdek, hududlarda bozorlarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish va narx-navo barqarorligini saqlash, eksport salohiyatini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan loyihalarning samaradorligi o‘rganildi. Tumanda kam ta’minlangan oilalar va yoshlarga issiqxonalar faoliyatini yuritish uchun dehqon xo‘jaliklari ajratib berilgan. Ular tomonidan mavsum davomida yetishtirilayotgan sabzavot, poliz va kartoshka mahsulotlari hisobiga aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabi qondirilmoqda.
Deputatlar shuningdek, Chinobod MFY hududida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivini borib ko‘rishdi. Bugungi kunda 2 ta 5 qavatli, jami 40 xonadon foydalanishga topshirilgan.