“Yashil makon” loyihasi doirasida
“Yashil makon” loyihasi doirasida

 

Kuni kecha Prezidentimiz raisligida “Yashil makon” loyihasini amalga oshirish hamda chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, “Yashil makon” loyihasini amalga oshirishda sustkashlik bo‘layotgani ta’kidlanib mutasaddilarga zarur topshiriqlar berilgan edi.

Forish tumanida mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida mahallalarga mas’ullar biriktirilib, “Yashil makon” loyihasi doirasidagi ishlarni yanada jonlantirish vazifasi qo‘yildi.

Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Ra’no Daulanova boshchiligida bir guruh mutasaddilar tumanning “O‘zbekiston” mahallasida bo‘lishib, mahalladagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi bilan uchrashdi.

Muloqotda uylar atrofiga, hovlilarga daraxt va gul ko‘chatlari ekish, atrofni obodonlashtirish yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borilib, bu boradagi ishlar boshlab yuborildi.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish