O‘zbekiston XDP Oltinsoy tuman kengashi raisi O.Avazov, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Oripov, tuman hokimining Nuroniylar masalalari maslahatchisi partiya faoli Y.Hakimov, partiya faollari bo‘lgan faxriy ustozlar X.Safarov hamda Q.Shamsiddinovlar ishtirokida Oltinsoy tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida yosh avlodni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va turli g‘oyaviy tahdidlardan asrash maqsadida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda hozirgi globallashuv jarayonida yoshlarimizning radio-televideniye, matbuot, internet kabi vositalar orqali axborot va ma’lumotlar olayotgani, bu jarayonda ba’zi bir aqidaparast oqimlar yoshlarga mafkuraviy ta’sir o‘tkazishga urinayotgani hamda ularning oldini olish borasida nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, bugungi kunda jaholatga karshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etayotgani, bunda yoshlarning milliy qadriyatlarga sodiq, oshkora va pinhona ko‘rinishdagi g‘oyaviy tahdidlarga qarshi kurashadigan qilib tarbiyalash lozimligi qayd etildi.
Tadbir so‘nggida maktab direktori U.Xudayberdiyev so‘zga chiqib, maktab o‘quvchilarining erishgan yutuqlari va kelgusidagi istiqbolli rejalar haqida aytib o‘tdi.