Nukus tumanida o‘quv seminar o‘tkazildi
Nukus tumanida o‘quv seminar o‘tkazildi

 

O‘zbekiston XDP Nukus tuman kengashi va Xalq deputatlari Nukus tuman Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi tomonidan “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston XDP Nukus tuman kengashi mas’ullari, Xalq deputatlari Nukus tuman Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi a’zolari va partiya faollari ishtirok etdi.

Seminarda “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining mazmun-mohiyati, har bir yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan vazifalar va bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar keng turda tushuntirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining maqsad va vazifalari tushuntirildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish