Amaliy ishlar, ustuvor vazifalar muhokamasi
O‘zXDP Farg‘ona viloyat kengashida hududdagi tuman (shahar) partiya tashkilotlari raislari ishtirokida muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbirda partiyaning hududiy tashkilotlari oldida turgan amaliy vazifalar, deputatlik guruhlari faoliyati, tashkiliy, mafkuraviy hamda targ‘ibot masalalari borasidagi yutuq va kamchiliklar muhokama etildi.
Muloqot davomida joylardagi partiya elektorati manfaatlariga daxldor takliflar, qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali yechim topadigan masalalar bo‘yicha kengash raislari o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shuningdek, qator yo‘nalishlarda yangi taklif-tashabbuslar ilgari surilib, ularni amalga oshirish mexanizmlari haqida ham fikr almashildi.