Ijtimoiy himoyadan ijtimoiy faollik sari
Ijtimoiy himoyadan ijtimoiy faollik sari

 

Dilfuza Matyoqubova Yangiariq tumanning "Gulbog‘" mahallasida istiqomat qiladi. Oilaviy sharoiti tufayli bundan 4-5 oy oldin xorijda ishlash uchun chiqib ketgandi. Bugun Dilfuza opa o‘z ona vataniga qaytib, oilasi, farzandlari bag‘rida o‘z sevgan kasbi bilan shug‘ullanmoqda.

Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashi deputati, Yangiariq tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Qo‘chqarova Barno Ibodullayevnaning amaliy yordami bilan Dilfuza Matyoqubovaga subsidiya asosida tikuv mashinasi berildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 376-sonli qarori ijrosi bo‘yicha o‘z xonadonida "Salomatlik markazi" tashkil etib berildi. Bu orqali Dilfuza opa nafaqat o‘zi, balki mahalladoshlari salomatligi bilan birga bandligini ta’minlashga ham hissasini qo‘shadi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish