Xotin-qizlar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazildi
O‘zbekiston XDP Bo‘zatov tuman kengashi va Xalq deputatlari Bo‘zatov tuman Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi tomonidan “Buzatov” ShFY va “Kusxonatov” OFY hududida “Ijtimoiy himoyadan-ijtimoiy faollik sari” loyihasi o‘tkazildi.
Loyiha doirasida hududdagi "Ayollar daftari" ro‘yxatida turadigan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-kizlarning ish bilan ta’minlanishi, kasb-hunarga o‘rgatishga jalb etilishi o‘rganilib chikildi.
Xotin-qizlar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning bandligini ta’minlash, oilalarni mustahkamlash va ayollar faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, partiya dasturiy maqsad va vazifalari tushuntirildi.