Ayollar bandligi oilalar farovonligi
Ayollar bandligi oilalar farovonligi

 

Yangiariq tumanida joylashgan “PILLA XOLDING” MChJda pillakor xotin-qizlar va soha mutaxassislari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashi deputati, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Barnoxon Qo‘chqarova, laboratoriya xodimlari, agronomlar hamda ilg‘or pillakor ayollar qatnashdi.

Seminar davomida deputat B.Qo‘chqarova tomonidan sifatli pilla yetishtirishda ko‘plab omillar qatori ipak qurtiga ozuqa yetkazib berish alohida ahamiyatga egaligi, bu borada pillachilik korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sifatli va mo‘l pilla yetishtirishni tashkil etish, mahalliy tut, ipak qurti urug‘ini tayyorlash bo‘yicha muayyan ishlarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi. Ilg‘or pillakorlar faoliyatiga oid misollar keltirilib, pillachilikning ozuqa bazasini jadal rivojlantirish, ipak qurti parvarishlash va pilla yetishtirish, pillani qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirish borasidagi dolzarb vazifalar tushuntirib berildi.

Ma’lumot uchun tumanda joriy yilda pilla yetishtirish uchun 2229 nafar xotin-qizlar ro‘yxati shakllantirilgan bo‘lib, ular 16 ta ilg‘or pillakorlarga biriktirilgan.

Joriy yilda tumanda jami 3692 quti ipak qurti parvarishlanishi, 134 tonna pilla fermerlar tomonidan, 88 tonna pilla kasanachilar tomonidan yetishtirilishi rejalashtirilgan.

Seminar yakunida ishtirokchilar “Pilla xolding" MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish