Safimizda xotin-qizlar soni ortmoqda
Safimizda xotin-qizlar soni ortmoqda

 

O‘zXDP Guliston shahar kengashi raisi G.Useinova tashabbusi bilan xotin-qizlarning siyosiy, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadida Guliston shahar ishga marhamat Monomarkazida tahsil olayotgan xotin-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xotin-qizlarning mehnat, ta’lim va sog‘liqni saqlash borasidagi huquq va imtiyozlari, me’yoriy-huquqiy hujjat va nizomlarda belgilab berilgan vazifalar yuzasidan tushunchalar berib o‘tildi.

Uchrashuv so‘nggida 10 nafar xotin-qizlar partiya safiga qabul qilindi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish